Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Foydali Toshkent» aksiyasini boshlab berdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev «Foydali Toshkent» aksiyasini boshlab berdi

Foto: «Gazeta.uz»

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaharni obodonlashtirish uchun «Foydali Toshkent» aksiyasini boshlab berdi. U har bir fuqaro ko‘chaga axlat tashlashdan uyaladigan kun kelishiga ishonch bildirdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Bahorgi bayramlar arafasida poytaxtda umumiy tozalash ishlari o‘tkaziladi. 10 yanvar kuni shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshqa shahar tuzilmalari rahbarlari ishtirokida «Foydali Toshkent» aksiyasini boshlab bergan.

Aksiya Chilonzor va Uchtepa tumanlarida boshlandi. Loyihada Toshkent halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘p qavatli binolar, qabristonlar va kanallarni o‘z ichiga olgan mavzelar hududlarini qamrab olish rejalashtirilgan.

Hokimlik kelajakda poytaxtning tozaligi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va aholi kuchlari bilan ta’minlanishiga umid bildirmoqda.

Bu ishlarga Toshkent obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan qo‘shimcha ravishda yollangan 1000 nafar yollanma ishchi jalb etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring