Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev tungi klubdagi janjallarni qanday hal qilmoqchi?

Jahongir Ortiqxo‘jayev tungi klubdagi janjallarni qanday hal qilmoqchi?

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkent shahar, «Sergeli 8» mavzeida joylashgan «Utopiya» tungi klubida mushtlashuv bo‘lgani haqida avvalroq xabar qilingan edi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning sayer qabuli davomida bu muammo aholi tomonidan ko‘tarib chiqildi.

Xususan, sayyor qabul davomida «Yangi Sergeli» MFYda yashovchi Mirsoli Niyozov «Utopiya» tungi klubining ish faoliyati aholini bezovta qilayotganini ma’lum qildi. U yerda tez-tez janjal bo‘lib turishi, yoshlar klub oldidan o‘tib-qaytishda muammo tug‘ilayotgani aytildi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev muammoning yechimi sifatida mutasaddilarga o‘sha hududda Patrul-post xizmati nazorat butkasi o‘rnatish choralarini ko‘rishni topshirgan. Hokim tadbirkorning faoliyati aholiga zarar keltirmasligi kerakligini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, «Utopiya» tungi klubida bo‘lgan mushtlashuv haqida avvalroq xabar berilgan edi. Ammo Toshkent shahar IIBB 3 mart kuni ham, undan keyingi kunlarda ham na bu tumanda va na shaharning boshqa tumanlaridagi ko‘ngilochar maskanlarda tartibsizliklar yuz bergani haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qilgan.

IIBB ushbu videoyozuv qayerda va qachon tasvirga tushirilganini aniqlashtirish uchun surishtiruv boshlagani aytilgan edi, ammo hozircha bu borada xabar berilganicha yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring