Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyadagi yong‘inda jabrlangan o‘zbekistonlik talaba vafot etdi

Janubiy Koreyadagi yong‘inda jabrlangan o‘zbekistonlik talaba vafot etdi

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2019-yilning 9-may kuni Seul shahridagi kvartirada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida og‘ir kuyish jarohatini olgan student, O‘zbekiston fuqarosi Mutal Yo‘ldoshev 19-may kuni «Hanil» kasalxonasida vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati axborotida ma’lum qilingan. 

Hozirgi paytda marhumning jasadini otasi Muxtor Yo‘ldoshev va akasi Farhod Yo‘ldoshev hamrohligida Seul shahridan Toshkentga jo‘natishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 9-may kuni Seul shahrida yashaydigan o‘zbekistonlik talabalar Mutal Yo‘ldoshev (1997-yilda tug‘ilgan) va Farrux Mo‘minovning (1996-yilda tug‘ilgan)  kvartirasida yong‘in sodir bo‘lgan, natijada F.Mo‘minov voqea joyida vafot etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring