Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyadagi zavodda yong‘in yuz berdi

Janubiy Koreyadagi zavodda yong‘in yuz berdi

Foto:«AP»

Bugun, 13-aprel kuni Janubiy Koreyaning Inchxon shahridagi chiqindini qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Yong‘in boshlangan binoda to‘rt nafar ishchi bo‘lgan, ularning barchasi evakuatsiya qilingan.

Olovni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan neft mahsulotlari zararsizlantirilgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun 430 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan. Ulardan biri jarohat olgan.

Mutaxassislar zavoddagi yong‘in tufayli toksik moddalar chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan, lekin bu haqda rasmiy ma’lumot berilmagan.

Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring