Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jim! Ana melisa?!»

«Jim! Ana melisa?!»

Foto: «temasaratov.ru»

— Qani, o‘quvchilar, hammangiz jim bo‘ling-chi! Hech kim gapirmasin! Hamma menga qarasin!..

— Qani jim bo‘l-chi, hozir bobov keladi, yeb ketadi sani! Ol bobov shu bolani!..

— Jim! Ana melisani ko‘rdingmi? Yaxshi bola bo‘lmasang, qulog‘ingni kesib qo‘yarkan!..

— Do‘xtirni chaqiringlar, shunga ukol qib qo‘ysin! Yaxshi bola bo‘lasan-a? Yo do‘xtir chaqiraymi?..

— Amakisi, juda quloqsiz bo‘p ketyapti-da shu jiyaningiz. Bir gaplashib qo‘ymasangiz bo‘lmaydi!..

— Hozir opangga aytaman, boplab adabingni beradi!..

— Jim yotib uxla! Bo‘lmasa bo‘ji keladi! Ana bo‘ji! Bo‘jii... – shularning hammasi bizning «tarbiya» usullarimiz...

Bu «tarbiya mashinasi» haliyam to‘la kuch bilan ishlab turibdi.

Tag‘in, «Odamlarimiz quyonyurak, qo‘ymijoz bo‘p ketyapti», deb iddao qilasizlar.

Bolaligidan og‘zi yopilgan, olabo‘jilar bilan qo‘rqitilib, o‘takasi o‘n bo‘lingan, sal dag‘dag‘a qilinsa tizzasi qaltirab qoladigan bolalardan sheryuraklar yetishadi deb o‘ylaganmidinglar?

Dilfuza Komil

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring