Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy shaxslarga taksichilik qilish uchun ruxsat berilishi kutilmoqda

Jismoniy shaxslarga taksichilik qilish uchun ruxsat berilishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portaliga O‘zbekistonda taksilar faoliyatini takomillashtirishga oid hujjat loyihasi joylashtirildi.

Unga ko‘ra, 2019-yilning 1-iyulidan jismoniy shaxslarga to‘rt kishidan ortiq bo‘lmagan yo‘lovchi o‘rindiqli yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashishga ruxsat beriladi. Bunda ular YaTT sifatida elektron platforma orqali operatorlar bilan shartnoma imzolagan bo‘lishi kerak.

Avtomobilni muayyan rangga bo‘yash shart emas, yopishadigan materiallar bilan avtomobil eshiklariga, kapotiga va yana qayerigadir taksi belgilari tushiriladi.

Yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalanishga mo‘ljallangan yengil avtomobillarning ijara shartnomasini notarial rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi.

«Hujjat loyihasida turli platformalar orqali xizmat ko‘ratadigan yuridik shaxslarga ham talablar belgilanmoqda. Masalan, masala o‘z maqomi to‘g‘risida internetga batafsil axborot joylashtirishi kerak bo‘ladi. Serverlari O‘zbekistonda joylashgan bo‘lishi kerak, soliq va hokazolar», deya izoh bergan «Davletovuz» kanali. 

Yuridik shaxslar taksilari yo‘l yoqasidagi parkovkalar, aeroportlar, vokzallar, avtostansiyalar, savdo markazlari hamda markaziy bozorlar parkovlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring