Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax viloyati hokimiga ham o‘rinbosar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimiga ham o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «Sputnik»

Egamov Ulug‘bek Abduvaliyevich Jizzax viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishini boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, U.Egamov 1984-yil 2-oktabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini «Xalqaro huquq» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan (2008-yil, bakalavr). 2015 – 2016-yillarda Yaponiya siyosiy tadqiqotlar davlat institutining «Davlat boshqaruvi» yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2009 yil avgust oyidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Xalqaro moliya institutlar va donor mamlakatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va monitoring qilish boshqarmasining yetakchi mutaxassisi sifatida boshlagan. 2012-yil dekabr oyida ushbu boshqarmaning bosh mutaxassisi lavozimiga tasdiqlangan.

Yaponiyada magisturatura dasturini tamomlagandan so‘ng, 2017-yil noyabr oyidan U.Egamov o‘z mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Axborot-tahlil Bosh boshqarmasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida davom ettirdi.

2017-yil may oyidan joriy yilning fevral oyiga qadar U.Egamov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligining Tashqi savdoni boj-tarif orqali tartibga solishni takomillashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tish kerak, Otabek Boboyev Samarqand viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring