Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

Jizzax viloyati IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

Foto: IIV

Shu yilning 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor P.Bobojonov Jizzax viloyati faollari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasida qatnashdi.

Sessiyada Ichki ishlar vaziri so‘zga chiqib, keyingi vaqtda viloyatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar xalqimizning turmush darajasini oshirishga va farovon hayot kechirishiga xizmat qilayotanligi, bu o‘z navbatida viloyatda kriminogen vaziyatni yaxshilash, shahar va tumanlarni jinoyatlardan holi hududlarga aylantirish borasidagi chora-tadbirlarning samaradorligini ta’minlashga katta hissa qo‘shayotganligini ta’kidladi.

O‘tgan davrda viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar o‘z natijasini berayotganligi, aholi bilan hamkorlikning yangi mexanizmi sifatida mahallalarda jamoatchilik nazorati faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, Jizzax shahrida sinov tariqasida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida «xavfsiz shahar» konsepsiyasi hamda ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish va boshqarishning yangi tizimini joriy etish ishlari boshlanganligi ijobiy baholandi.

Shu bilan birga, viloyatda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ularning o‘sish suratlariga mutanosib ravishda, chuqur tahlillarga asoslangan holda olib borilmayotganligi, natijada ularning soni tobora oshib, birgina joriy yilning birinchi choragi davomida odamlar o‘limiga sababchi bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari 29 taga yetganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Sessiyada kun tartibidagi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Tursunov Rustam Rahmonovich boshqa ishga o‘tkazilishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilib, mazkur lavozimga general-mayor Qodirov G‘ayrat Toirovich tayinlanganligi e’lon qilindi.

Sessiyadan so‘ng viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Vazir boshchiligida boshqarma markaziy apparati hamda quyi tizim rahbar va mas’ul xodimlari uchun tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Unda ichki ishlar organlariga belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash, ish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, sektorlar ishini samarali tashkil etish hamda boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring