Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda direktor o‘rinbosari qo‘lga olindi

Jizzaxda direktor o‘rinbosari qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumi direktori o‘rinbosari J.T., fuqaro Sh.ni ushbu texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshloq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, 2-Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi yoshlar yetakchisi R.X. va talaba M.K. fuqaro I.ni tanishlari yordamida ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 450 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring