Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalist O‘zbekistonda «hokim» atamasini «rais»ga almashtirishni taklif qildi

Jurnalist O‘zbekistonda «hokim» atamasini «rais»ga almashtirishni taklif qildi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonlik taniqli jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayevning «O‘zA»da «Hokim – kim: ish boshqaruvchimi yo mutlaq hukmdor?» nomli maqolasi  e’lon qilindi. 

Unda muallif mamlakatdagi ayrim hokimlarning qo‘l ostidagi kishilarga va xalqqa muomalasi, bepisandligi va kamchiliklari xususida so‘z yuritadi. 

«Keyingi paytlarda mahalliy hokimiyat tizimidagi kamchiliklar, ayniqsa, hokimlarning oddiy fuqaro bilan munosabati, aholi muammolarini hal etishda eskicha yondashuvdan qutila olmayotganligi tanqid qilinmoqda. Nima, bu munosabat ilgari risoladagidek edi-yu, endi yomon bo‘ldimi?

Albatta, yo‘q. Avvallari ahvol bundan o‘n chandon yomonroq edi. Ommaviy axborot vositalarining ancha erkin va ochiq faoliyat yuritishiga yaratilgan sharoit amaldorlarning kirdikorlari haqida ochiq so‘z yuritishga yo‘l ochdi. Yurtdoshlarimiz endi «kattalar»ning hamma aytganlarini ichga yutmasdan, erkin gapiradigan, jurnalist bilan baham ko‘radigan bo‘ldi» deb yozadi Rahmatullayev.

Shuningdek, muallif fikricha, hokimlar vazifaga tayinlanganligidan ko‘p o‘tmasdan «buzila» boshlanishi yoki xalqimiz oddiygina aytgandek, oyog‘i yerdan uzilishining asosiy sababi «joylarda birinchi rahbarning hokimi mutlaqqa aylanishiga olib keluvchi sharoit va imkoniyat yaratib qo‘yilganligidadir. Ular nafaqat aholiga, balki o‘zidan pastda turuvchi davlat organlari oldida hisobotlar emas va tanho mansab pillapoyasida o‘zidan yuqori turuvchilar aytganini so‘zsiz bajaradi. Shundan ular o‘z faoliyati davomida «past»ga emas, doimo «tepa»ga qarab ish ko‘radi».

Jurnalist shuningdek, «hokim» atamasini ham o‘zgartirishni, viloyat, tuman, shaharning birinchi rahbarini «hokim» emas, «rais» deb atashni taklif etgan.

«Hokim faqat ijroiya hokimiyatining raisi bo‘lib qolmog‘i shart. Uning vakolatiga nimalar kirishi aniq belgilab qo‘yilishi zarur. Xalq deputati Kengashini boshqa kishi boshqarsin. Hokim Kengash oldida muntazam hisobot berib tursin» deyiladi maqolada.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring