Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jurnalistikaga oid 10 jildlik qo‘llanma nashrdan chiqarildi

Jurnalistikaga oid 10 jildlik qo‘llanma nashrdan chiqarildi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida jurnalistika sohasiga oid 10 jildlik qo‘llanma taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

250 bosma taboqdan iborat ushbu kitoblar oliy ta’lim muassasalariga o‘quv qo‘llanma sifatida joriy etiladi.

— Mazkur qo‘llanmani tayyorlash ishlari besh oy oldin boshlangan edi, — dedi Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjanov. — O‘sha paytda rahbarimiz Komil Allamjonov hamda direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ushbu masalaga katta e’tibor qaratib, qo‘llab-quvvatlagan edilar. Deyarli har hafta nashriyot rahbarlari, qo‘llanma uchun mas’ul shaxslarga uni sifatli qilib tayyorlash yuzasidan topshiriqlar berilgan edi. Mana, qisqa vaqt ichida katta mehnat evaziga 10 jildlik qo‘llanma tayyor bo‘ldi. 

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Tadbirda so‘zga chiqqan deputat va jurnalist Xurshid Do‘stmuhammedovning aytishicha, «avval mamlakatimizda jurnalistika sohasiga doir 10 jildlik kitobning nashr etilishi afsona, fantastika» bo‘lganligini aytdi.

— Shu paytgacha bizga jurnalistikaga oid yetarli qo‘llanmalar yo‘qligi sababli talabalardan ko‘p e’tirozlar tushardi. Ushbu to‘plam bu muammolarga barham beradi. Xorijlik hamkasblarimiz «bu kutilmagan holat» deya barchamizni tabrikladilar – deydi O‘zDJTU «Xalqaro jurnalistika» fakulteti dekani Amrillo Karimov.

Qo‘llanmaning har bir jildi «Jurnalistika nazariyasi, tarixi va taraqqiyoti», «Jurnalistika huquqi va etikasi», «Medialingvistika va tahrir», «Media-marketing va menejment», «Bosma ommaviy axborot vositalarida janrlar va mahorat masalalari», «Audiovizual jurnalistika», «Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar», «Zamonaviy media muhitda PR-xizmatlar», «Ixtisoslashgan jurnalistika», «Jurnalistika sotsiologiyasi va psixologiyasi» 1000 nusxada nashrdan chiqarildi. 

Kitoblar tez fursatlarda barcha oliy ta’lim muassasalari kutubxonalariga yetkaziladi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring