Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kambag‘allik ro‘yxatini tuzish emas, sabablari bilan ishlash kerak!» Senat raisi aholi takliflarini keltirdi

«Kambag‘allik ro‘yxatini tuzish emas, sabablari bilan ishlash kerak!» Senat raisi aholi takliflarini keltirdi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Ayni vaqtda, Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi davom etmoqda.

«Xabar.uz» muxbiriga ko‘ra, yig‘ilish avvalida Senat raisi kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha fikr bildirib o‘tgan edi.

Yalpi majlis davomida Tanzila Norboyeva yana bir bor mavzuga qaytgan.

«Hozirgi yalpi majlisimizni onlayn tarzda Yutub, Feysbuk orqali aholimiz tomosha qilishyapti va juda ko‘p fikr-mulohazalarini bildirishyapti. Juda ham o‘rinli takliflar berishyapti. Ulardan taklif bo‘lyaptiki, kambag‘allik ro‘yxatini tuzish emas, sabablari bilan ishlash, korrupsiyani bartaraf qilish kerak. Undan tashqari, me’zonlari bo‘lishi, ajratilayotgan mablag‘larning o‘z o‘rnida ishlatilishini ta’minlash kerak.

Albatta, hamma takliflar uchun xalqimizga rahmat aytaman!» deya, ta’kidlagan Senat raisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring