Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kemerovo fojiasiga qaytib: «Zimnyaya vishnya» mutasaddilari yong‘in xavfsizligi tizimidagi nosozlik haqida avvaldan bilishgan

Kemerovo fojiasiga qaytib: «Zimnyaya vishnya» mutasaddilari yong‘in xavfsizligi tizimidagi nosozlik haqida avvaldan bilishgan

Foto:«TASS»

Bugun, 16-aprel kuni joriy yilning 25-martida Rossiyaning Kemerovo shahrida 64 kishini hayotdan olib ketgan yong‘in bilan bog‘liq yangi tafsilotlar e’lon qilindi. Bu haqda «Kommersant» yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016-yilda «Sistemniy integrator» kompaniyasi «Zimnyaya vishnya» savdo markazida yong‘in xavfsizligi tizimini tekshirganida mazkur tizimda juda ko‘p kamchiliklar aniqlangan. Ularni to‘liq bartaraf etish uchun kerak bo‘lgan 7 million rubl mablag‘ esa bino uchun mas’ul bo‘lgan Yuliya Bogdanova tomonidan ajratib berilmagan.

Kemerovodagi «Zimnyaya vishnya» savdo markazidagi yong‘in qurbonlarining 41 nafari yosh bolalar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring