Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Antirekord yangilandi: koronavirus «yurishi» davom etmoqda

Antirekord yangilandi: koronavirus «yurishi» davom etmoqda

2022-yil 19 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 209578 (+1307) nafarni tashkil etmoqda. Bu yangi antirekorddir. Avvalgi rekord kecha, 18 yanvar kuni qayd etilgandi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining:
39 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
31 nafari Andijon viloyatida,
31 nafari Buxoro viloyatida,
51 nafari Jizzax viloyatida,
19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
12 nafari Navoiy viloyatida,
55 nafari Namangan viloyatida,
43 nafari Samarqand viloyatida,
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
34 nafari Surxondaryo viloyatida,
157 nafari Farg‘ona viloyatida,
53 nafari Xorazm viloyatida,
194 nafari Toshkent viloyatida,
568 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1529 nafarni tashkil qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring