Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlar yer solig‘idan to‘liq ozod qilingan?

Kimlar yer solig‘idan to‘liq ozod qilingan?

Foto: «timeua.info»

Bosh prokuratura tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mol-mulki va yer uchastkasiga nisbatan soliq imtiyozlarining qo‘llanishi ahvoli o‘rganildi.

Ma’lumot uchun. Soliq kodeksiga ko‘ra, I va II guruh nogironlarining 60 kv.m.gacha bo‘lgan mol-mulkiga soliq solinmaydi hamda ular yer solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

Monitoring natijasida quyidagilar aniqlandi:

Soliq kodeksiga asosan 121 493 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilib, 116 629 nafari yer solig‘idan ozod qilingan.

O‘rganish davomida 2 944 nafar (2,4 %) nogironligi bo‘lgan shaxslarga soliq imtiyozlari qo‘llanilmasdan qolganligi aniqlandi.

Ushbu holatning kelib chiqishiga:

– soliq, moliya, kadastr idoralari, pensiya jamg‘armalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining soliq imtiyoziga ega bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida o‘zaro ma’lumot almashinuvi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;

– soliq imtiyozlari bilan bilan bog‘liq targ‘ibot tadbirlarining yetarlicha o‘tkazilmaganligi sabab bo‘lgan.

O‘rganish natijasida:

– 2 944 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga 143,1 mln. so‘m mol-mulk soliq imtiyozi, 2 694 nafariga 184,0 mln. so‘m yer solig‘idan ozod qilinishi;

– jami 2 944 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga 327,1 mln. so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llanilishi ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring