Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kimlarga insulin bepul beriladi?

Kimlarga insulin bepul beriladi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmat ma’lum qilishicha, 25 yoshdan oshgan qandli diabetga chalingan bemorlar insulin bilan bepul ta’minlanadi.

O‘zbekiston Prezidentining «Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlarni bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilangan.

Qarorga ko‘ra, endilikda:

  • 25 yoshgacha bo‘lgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan bemorlar analogli insulin hamda o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqchalari) bilan;
  • qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar, somatotrop yetishmovchilik bilan kasallangan bolalar hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va o‘sish gormoni) bilan;
  • 25 yoshdan oshgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, shuningdek, qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan bemorlar odam insulini bilan;
  • qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan hamda ehtiyojmand sifatida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da bo‘lgan bemorlar metformin dori vositasi bilan bepul ta’minlanadi;
  • bemorlarga bepul beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlar markazlashgan tartibda xarid qilinadi hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari orqali taqsimlanadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring