Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompleks davlat xizmatlari qanday ko‘rsatiladi? Qoraqalpog‘iston misolida

Kompleks davlat xizmatlari qanday ko‘rsatiladi? Qoraqalpog‘iston misolida

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT taraqqiyot dasturining «Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi tomonidan tashkil etilgan Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Davlat xizmatlari markazlarida operatsion va funksional jarayonlarni optimallashtirishni hisobga olgan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini transformatsiyalash natijalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri va Qo‘ng‘irot tumani davlat xizmatlari markazlari bazasida bola tug‘ilishi bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish kompleks tizimini tajriba tariqasida ishga tushirish rejalashtirilgan.

Farzand tug‘ilishi ota-ona uchun eng baxtli voqea. Ammo kichkintoyga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish, bir martalik ijtimoiy to‘lovni olish va poliklinikada ro‘yxatga o‘tish uchun qator-qator navbatlarda turish, turli-tuman hujjatlarni to‘ldirishga to‘g‘ri keladi. FHDYo, Pensiya jamg‘armasi, poliklinika —bularning hammasidan zarur hujjatlarni olish uchun bir necha kun ketadi.

Mana shu xizmatlar oson va qiyinchiliklarsiz amalga oshirilishining esa imkoni bor. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi BMT taraqqiyot dasturining «Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi bilan hamkorlikda bola tug‘ilishi bilan bog‘liq bir nechta davlat xizmatlarining ma’muriy ish tartibi loyihasini ishlab chiqdi.

Yangi xizmat quyidagicha ko‘rsatiladi: avval tibbiy muassasa (tug‘uruqxona, shifoxonaning tug‘uruq bo‘limi) tegishli anketani to‘ldirish va elektron tibbiy ma’lumotnoma berish uchun elektron shaklda ota-ona va bola to‘g‘risida ma’lumot tayyorlaydi. So‘ngra bu ma’lumotlar elektron yo‘l bilan davlat xizmatlari markaziga yuboriladi. Bu yerda ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra nafaqat tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, balki bir martalik ijtimoiy nafaqa va chaqaloqni poliklinikaga ro‘yxatga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni ham hal qilish mumkin bo‘ladi.

So‘rov olinganidan so‘ng davlat xizmatlari markazlari ma’lumotlarni zudlik bilan FHDYo va Pensiya jamg‘armasiga jo‘natadi. FHDYo bolaning tug‘ilganligini qayd etadi va davlat xizmatlari markaziga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etadi, Pensiya jamg‘armasi esa bir martalik ijtimoiy nafaqani belgilaydi, barcha ma’lumotlar olinganidan keyin bir ish kuni davomida ota-onaning arizada ko‘rsatilgan bank raqamiga mablag‘ o‘tkazadi. Xuddi shunday poliklinikalar ham elektron shaklda zarur ma’lumotlarni olib, jajji fuqaroning salomatligini nazoratga oladi.

Shuningdek, Nukus shahrining eksperimental deb ataluvchi davlat xizmatlari markazlari va Qo‘ng‘irot tumanining davlat xizmatlari markazlari yoshga doir davlat pensiyasini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ham ko‘rsatadi.

Hozirda pensiyaga chiqish jarayoni idorama-idora yugur-yuguru qog‘ozbozlikdan iboratligini ko‘pchilik ta’kidlaydi. Bo‘lajak pensionerlar idorama-idora yugurib, arxivlarda navbat turib, mehnat stajini tasdiqlovchi turli xil ma’lumotlarni yig‘ib, bu jarayonga bir necha oy oldindan tayyorlanadilar.

Tabiiyki, «birlashgan» xizmatlar bittagina hujjatni to‘ldirib, turli idoralarning xizmatlarini bir joydan olish imkoniyatini beradi. Qulaylik (turli idoralarda navbat kutishga barham beriladi), vaqtni va mablag‘ni tejash, sifat — bularning bari mana shu xizmatlarga xos belgilardir.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda davlat xizmatlari markazlarida 70 tadan ziyod xizmatlarni olish mumkin, viloyat markazlaridagi eksperimental markazlarda esa 100 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring