Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘p qo‘llaniladigan yurak dorisi hayot uchun xavfli deb topildi

Ko‘p qo‘llaniladigan yurak dorisi hayot uchun xavfli deb topildi

Foto: «RIA»

Qon bosimini tushirish va stenokardiyani davolash uchun qo‘llaniladigan dorilar yurak urishini kutilmaganda to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Bu haqida Yevropa kardiologlari uyushmasiga tegishli bo‘lgan EurekAlert portalida ma’lum qilindi.

Bu o‘rinda gap tarkibida nifedipin bo‘lgan dorilar haqida ketmoqda. Xabar qilinishicha, bu modda ko‘p qo‘llanilgan taqdirda qorinchalar fibrillyasiyasi xavfi tug‘iladi.

«Nifedipin va amlodipin kardiologlar va boshqa shifokorlar tomonidan ko‘p qo‘llaniladi va barchasi vrachning shaxsiy tajribasi hamda tanloviga bog‘liq. — deyiladi maqolada. — Har ikki preparat ham bir xilda samarali va xavfsiz hisoblanadi. Ularning hech biri yurakning kutilmaganda to‘xtab qolishiga aloqador emas, deb qabul qilingan. Ammo tadqiqot natijasida nifedipinni ko‘p miqdorda qo‘llash natijasida yurak aritmiya tufayli to‘xtab qolish xavfi yuzaga kelishi aniqlandi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring