Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusning kirib kelishini oldini olishda xizmat ko‘rsatgan ayollar taqdirlandi

Koronavirusning kirib kelishini oldini olishda xizmat ko‘rsatgan ayollar taqdirlandi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Sog‘liqni saqlash vazirligida tibbiyot tizimida alohida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar taqdirlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tadbirda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov ishtirok etib, barcha ayollarimizni, shu jumladan, ayol tibbiyot xodimlarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at sohalarida mehnat qilayotganlarning 72 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Xususan, sog‘liqni saqlash tizimida ishlayotgan mutaxassislarning 75 foizi xotin-qizlardan iborat. Shunisi e’tiborliki, tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarimiz orasida O‘zbekiston Qahramonlari, Senat a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, akademiklar, fan doktorlari va nomzodlari, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari va tuman hokimlari ham bor.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

E’tiborli tomoni, koronavirus infeksiyasi tufayli xorijiy davlatlarda kuzatilayotgan bugungi murakkab epidemiologik vaziyatda ushbu kasallik o‘chog‘iga borib, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, hamyurtlarimizni olib kelgan fidoyi tibbiyot xodimlari safida shifokor ayollarimiz ham bor.

Karantinda bo‘lgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek, koronavirus infeksiyasining yurtimizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishda, tezkor profilaktik chora-tadbirlar ko‘rishda alohida faollik ko‘rsatgan bir guruh shifokor ayollarimizga Sog‘liqni saqlash vaziri A. Shadmanov «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring