Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Korrupsiyaga qarshi kurashi «qoniqarsiz» deya topilgan rahbarlar jazolanadi

Korrupsiyaga qarshi kurashi «qoniqarsiz» deya topilgan rahbarlar jazolanadi

«Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–81-son, 12.01.2022 y.) qabul qilingani haqida xabar berilgandi. 

Unda aytilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi «yaxshi», «qoniqarli» va «qoniqarsiz» toifalarga ajratiladi.

Bunda, faoliyati:

- «yaxshi» deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilanadi va amalga oshiriladi;
- «qoniqarli» deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritiladi;
- «qoniqarsiz» deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi, uning ijrosi yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlarini har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning yig‘ilishlarida eshitiladi.

Ketma-ket ikki yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi «qoniqarsiz» deb topilgan davlat tashkilotlari rahbarlariga intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring