Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi kurashishda yana bir qadam tashlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashishda yana bir qadam tashlandi

Bugun Toshkentda «O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik» biznes forumi o‘tkazildi. Forumda «O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi» tasdiqlandi.

Hujjat 43 ta vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoatchilik tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida qator muhokamalardan o‘tkazilgan.

Mazkur xartiya tadbirkorlik sub’yektining moliyaviy faoliyatini boshqarish, shartnoma munosabatlari, kadrlarni tanlash va o‘qitish, ichki intizom va qonuniylikni mustahkamlash, davlat xaridlari kabi muhim yo‘nalishlarda korrupsiya xavflarining oldini olishga qaratilgan kompleks choralarni o‘z ichiga olgan.

«Bu xartiyaga hech qaysi tadbirkor majburan a’zo qilinmaydi. Biz biznes vakillariga ko‘proq imkoniyat yaratib bermoqchimiz», — deydi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov.

Ma’lumot o‘rnida, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning Qo‘shma qarori bilan xartiya tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, «World Justice Project» tashkiloti tomonidan O‘zbekiston «korrupsiya mavjud emasligi» indikatorida yuqorilagani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring