Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kursantlar o‘rtasida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Kursantlar o‘rtasida fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida 2018-yilda o‘tkazilgan fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kursantlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 5-29-noyabr kunlari Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida harbiy-kasbiy tayyorgarlik, ingliz tili, informatika va matematika fanlaridan olimpiada (ikkinchi Respublika bosqichi) o‘tkazilgan edi. Unda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar 2019-yilning mart-may oylarida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan kursantlar olimpiadasida qatnashadi.

Fan olimpiadalarining yakuniy natijalari:

  • Harbiy-kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha umumjamoa hisobida:

1-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi;

2-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;

3-o‘rin — O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti.

  • Ingliz tili fani bo‘yicha umumjamoviy hisobda:

1-o‘rin — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti;

2-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi;

3-o‘rin — Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti.

Informatika fani bo‘yicha ham o‘rinlar xuddi yuqoridagidek taqsimlandi.

  • Matematika fani bo‘yicha esa ko‘rsatilgan natijalar quyidagicha:

1-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi;

2-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;

3-o‘rin — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti.

Tadbir davomida Mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan fan olimpiadasining yakkalik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kursantlar va jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Akademiyada «Vatanparvarlik oyligi» doirasida III Paraosiyo o‘yinlarining champion va sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring