Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotada «LUX MED» shifo maskani ish boshladi (video)

Zangiotada «LUX MED» shifo maskani ish boshladi (video)

Skrinshot

Kuni kecha Zangiota tumanida «LUX MED» xususiy shifoxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mehnat faxriylari, tuman hokimligi vakillari, shifokor-hamkasblar ishtirok edi.

Ikki qavatli binoda 40 o‘rinli palatalar joylashgan. Shifo maskani bemorlarga kardiologiya, nevrologiya, terapiya, endokrinologiya yo‘nalishda xizmat ko‘rsatadi.

Suv bilan davolashga katta e’tibor berilgan. Xususan, 16 metrli suzish havzasi, sauna, turli suv bochkalari, fitovanna, dush, infraqizil sauna kabinalarida davolash yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, galakamera, ya’ni tuzli kabina shamollashi bor bemorlarga nihoyatda foydali.

Klinika qoshida tor mutaxassislar konsultatsiyasi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring