Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madaniyat vazirligining markaz direktori vafot etdi

Madaniyat vazirligining markaz direktori vafot etdi

2017-yildan bugunga qadar O‘zbekiston Madaniyat vazirligining Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Azamat Haydarov bu yorug‘ olamni tark etdi.

Azamat Haydarov 1957-yil 20-may kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. 1980-yil Toshkent davlat Madaniyat instituti, 1996-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Bir necha yillar mas’uliyatli vazifalarda, xususan, Madaniyat ishlari vazirligining Akademik va xalq badiiy jamoalar boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining «Malaka oshirish» fakulteti dekani, «Siyosiy  fanlar» kafedrasi mudiri, Madaniyat va sport ishlari vazirining o‘rinbosari,  «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori,  Madaniyat va sport ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy  ishlar respublika ilmiy-metodika markazi direktori kabi lavozimlarda mehnat qilib, soha rivojiga hissa qo‘shgan, deyiladi xabarda.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring