Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda mahalla raisi nafaqaga muhtoj bo‘lmaganlarga 101,5 mln. so‘m «tayinladi». Keyin-chi?

Bekobodda mahalla raisi nafaqaga muhtoj bo‘lmaganlarga 101,5 mln. so‘m «tayinladi». Keyin-chi?

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, «A» MFY raisi X.G‘. soxta ma’lumotlar asosida mazkur mahallada yashamaydigan va nafaqaga muhtoji bo‘lmagan 26 nafar fuqarolarga jami 101,5 mln. so‘m nafaqa pullari tayinlagan. Shundan 31,6 mln so‘mi fuqarolarga asossiz to‘lab berilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘z vaqtida olib borilgan o‘rganishlar natijasida 69,9 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldi olindi.

Holat yuzasidan mahalla raisi X.G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring