Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Majburiy ijro byurosi yangi topshiriqni bajarishga kirishdi

Majburiy ijro byurosi yangi topshiriqni bajarishga kirishdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-avgust kuni atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida chiqindi tashish xizmati uchun to‘lovlarni Majburiy ijro byurosi orqali amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriq berilgandi.

Shu maqsadda, Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo‘limi tomonidan joylardagi mas’ul idora, mutasaddi tashkilot va muassalar bilan  hamkorlikda uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda,atrof-muhitimiz tozaligi va tabiiy resurslarimiz xavfsizligi fuqarolarimizning ekologik madaniyatimiz hamda maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishimizga bog‘liqligi ta’kidlanib, fuqarolarimiz kelgusida, chiqindilar uchun to‘lovlarni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi orqali amalga oshirilishi, shuningdek, agar to‘lov intizomiga amal qilmasangiz, Siz tabiiy muhit xavfsizligiga putur yetkazishingiz va tegishli tartibda javobgar bo‘lishingiz mumkin.

O‘z navbatida, javobgar shaxslar ayrim turdagi moliya-kredit, xalqaro yo‘lovchi tashish, yirik bitimlar tuzish va davlat xizmatlaridan foydalanish huquqlariga ega bo‘lmasligi mumkin.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimida tashkil qilingan «Toza hudud» korxonalari tomonidan chiqindilarni yig‘ish va tashish xizmati samarali va aholi uchun qulaylik yaratilayotganligi  haqida mutasaddilar fikr bildirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring