Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navro‘z marafoni, Kattaqo‘rg‘on fojiasi shoirlar nigohida, «AGMK»ning kashanda hujumchisi, Trampdan Eronga Navro‘z sovg‘asi, boqibeg‘am pandalar va boshqa xabarlar

Navro‘z marafoni, Kattaqo‘rg‘on fojiasi shoirlar nigohida, «AGMK»ning kashanda hujumchisi, Trampdan Eronga Navro‘z sovg‘asi, boqibeg‘am pandalar va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 20-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Tunis Prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tunis Respublikasi Prezidenti Muhammad al-Bojiy Qoid as-Sibsiyni Mustaqillik kuni munosabati bilan tabrikladi.

Prezident matbuot kotibi Toshkentda o‘tadigan xalqaro konferensiya haqida ma’lumot berdi

Toshkent konferensiyasiga dunyo ommaviy axborot vositalari ham katta e’tibor qaratmoqda. Mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari «VVS», «DPA» «Deutsche Welle», «Times», «The New York Times», «NHK», «Jenmin jibao» kabi nufuzli xorijiy OAVlar konferensiyani yoritish istagini bildirgan.

Jamiyat

Navro‘z uchun Samarqandga yana qo‘shimcha aviareys

Bayram kunlarini qulay va mazmunli o‘tkazishda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Samarqandga yana qo‘shimcha reysni yo‘lga qo‘ydi.

Toshkentdan Ribachega ilk poyezd yo‘lga qo‘yildi

Dastlabki poyezd 9 ta vagondan iborat bo‘lib, tarkibdan lyuks, kupe, platskart va restoran vagonlari joy olgan. Ribachega yo‘l olgan ilk poyezd 300 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

21 mart kuni Toshkentning qaysi hududlarida bayram sayillari tashkil etiladi? Ro‘yxat bilan tanishing!

Toshkent shahrining 21 ta hududidagi markaziy maydonlarda «Navro‘z» umumxalq bayrami munosabati bilan sayillar tashkil etilmoqda. Toshkent shahar hokimligining rasmiy saytida bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarning ro‘yxatini taqdim etildi. Tadbirlar 21-mart kuni soat 10:00 da boshlanib 18:00 ga qadar davom etadi.

Xayrulla Hamidov va Nodir Jonuzoq Kattaqo‘rg‘on fojiasiga munosabat bildirishdi

Millat ertasi, yurt taqdiriga daxldor ushbu masala ijod ahlini ham ta’sirlantirdi. «Yoshlik» jurnali bosh muharriri Nodir Jonuzoq hamda «Madaniyat va ma’rifat» telekanali muharriri Xayrulla Hamidov o‘zbekistonlik shoirlar orasida birinchilardan bo‘lib mazkur mavzuda yuraklarga og‘riq soluvchi satrlarni qoralashdi. 

«Beruniy» metrosida yuz bergan hodisa ushbu yil hisobidan birinchisi emas

«Odatda bir yilda ikki-uch marta bunday holatlar bo‘lib turadi»

Fuqarolik baxti…

Inson uchun mukofot nima o‘zi? Agar kimdir menga shu savolni bersa, hech ikkilanmay shunday javob berardim: «Men uchun O‘zbekiston pasportini bir bor bag‘rimga bosish, men O‘zbekiston fuqarosiman degan so‘zni baralla aytish baxt».

Hodisa

Bo‘stonliqda yo‘qolgan fuqaro jarohat bilan topildi (foto)

Joriy yilning 18-mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Tezkor raqami»ga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Uchbov qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro tog‘li hududda yo‘qolib qolgani to‘g‘risidagi murojaat kelib tushdi.

Kegeylida sport murabbiyi kaltaklagan 26 yoshli yigit shifoxonada jon berdi

Natijada R.Ibraymov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. M.Asanov qo‘lga olingan.

Sport

«Darvozaga zarba berish o‘rniga chekib turibdi» — «AGMK» bosh murabbiyi o‘z hujumchisini keskin tanqid qildi

U hujumchi, axir. Unda jarima maydonchasiga nima uchun keldi?! Hatto siz ham bilasiz hujumchi raqib jarima maydonchasiga nima uchun kelishini. U esa bilmaydi. U 33 yosh, necha yildan beri o‘ynaydi.

O‘zbekiston terma jamoasining Senegal va Marokashga qarshi o‘yinlari «Sport» telekanalida namoyish etiladi

Futbolchilarimiz Turkiyada bir kun mashg‘ulot o‘tkazishadi va keyin Marokashga yo‘l olishadi.

Navro‘z marafoni. Eksklyuziv video va fotoreportaj

2018 m.ga yugurish bo‘yicha velosipedni qizlar qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 3 km.ga yugurish bo‘yicha o‘g‘il bolalarning qo‘li baland keldi va velosiped bilan taqdirlanishdi. 21 km.ga yugurish bo‘yicha 5 nafar o‘g‘il va 5 nafar qiz bola g‘olib bo‘lishdi.

Texnologiya

«Facebook» asoschisi bir kunda 6 milliard dollardan ayrildi

«Facebook» asoschisi Mark Sukerberg 19-mart kuni 6 milliard dollar zarar ko‘rdi. Bunga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma’lumotlari tarqalib ketganligi haqida yangilik sabab bo‘ldi.

3D-printer yordamida 24 soat ichida uy qurish boshlandi (video)

Bir kun ichida to‘laqonli mehmonxona, oshxona va boshqa qulayliklariga ega uyni qurishning iloji bormi? Bir qarashda buni amalga oshirib bo‘lmaydi, biroq zamonaviy texnologiyalar bir joyda qotib turgani yo‘q va ular bizning hayotimizni yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Dunyo

Olmaota sudi fotografning hukumatga da’vosini qisman qanoatlantirdi

Xabarda qayd etilishicha, sudya Aida Abilmajinova «mualliflik huquqini buzgani uchun» hokimiyatga fotograf Sarsenbek Qizaybekuliga 680700 tenge — 300 oylik hisob ko‘rsatkichi (OHK) — to‘lash majburiyatini yukladi.

Erdo‘g‘on Iroqda ham harbiy operatsiya o‘tkazilishi mumkinligini istisno qilmayapti

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Afrin shahrining ozod qilinishini «Zaytun novdasi» operatsiyasining asosiy bosqichi deb atadi. Uning aytishicha, turk harbiylari Afrinni qo‘lga kiritgach ham o‘z harakatlarini to‘xtatmaydilar.

Hindistonda smartfon portlashi sabab bir qiz vafot etdi

Ma’lum bo‘lishicha, portlash natijasida qizning ko‘krak, qo‘l va oyoqlari kuchli yongan. Tez orada fojea yuz bergan joyga yetib borgan shifokorlar uning o‘limi haqida xabar berishgan.

Navro‘z tabrigida Tramp Eronni keskin tanqid qildi

Prezident bayonotida, jumladan, Navro‘z tarixi «ming yillar davomida o‘z madaniyati va insonlarining mustahkam irodasi tufayli katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan mag‘rur xalqi» bo‘lgan mamlakat — Eron bilan uzviy bog‘liqligi ta’kidlanadi.

Tavsiya qilamiz

«Amerika orzusi»: nima uchun AQSh elchixonasi deyarli hech kimga viza bermaydi? (video)

Qiziq jihat: suhbatga kirilganda konsullik yig‘imi (160 AQSh dollari) undiriladi. Ammo natijadan qat’i nazar bu yig‘im qaytarilmaydi. Shunga qaramay elchixona kassasi oldidagi navbatlar uzaygandan uzayib bormoqda...

Jurnalist ojiz qolganda…

Mavjud muammolarni qo‘rqmay yozayotgan jurnalistlarga havasim keladi. Nimaga mana shu yettita so‘zdan iborat gapni yozayapman?

Pandalarga so‘nggi gap: sizlar yashashga layoqatli emassiz

Hayot qonuni shunday – yashashga layoqatsiz turlar yo‘qolib ketadi. Yashovchan, kurashuvchan, qandaydir himoya vositasi yoki uslubiga ega, boshqa turlardan tezkorligi, ko‘zlarining o‘tkirligi, hid sezish qobiliyatining yuqoriligi, doimo sergak va harakatda ekanligi hamda boshqa xususiyatlari bilan du shafqatsiz olamda yashab kelayotgan mavjudodlar juda ko‘p.

O‘qituvchilarni muhofazalovchi qonun kerak!

Ko‘pchilik o‘qituvchining o‘zini ayblayapti, qo‘ydek haydasa ketaveradimi, bormayman, ko‘cha tozalamayman desin deyapti. Lekin, nazarimda, bu jahl ustida aytilgan gap, konstruktiv taklif emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring