Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mavsumlar siljishi suv ta’minotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Mavsumlar siljishi suv ta’minotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Foto: Xabar.uz

Bugun O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Jahon banki bilan hamkorligida «Markaziy Osiyoda barqaror va iqlim o‘zgarishiga bardosh bera oladigan suv ta’minoti va sanitariya xizmatlari sohasidagi mintaqaviy tashabbuslar sari» mavzuida ikki kunlik mintaqaviy anjuman o‘z ishini boshladi.

Suv ta’minoti va sanitariya xizmatlari iqlim o‘zgarishining kutilayotgan oqibatlaridan borgan sari ta’sirlanishi kutilmoqda. Mazkur oqibatlar yanada ko‘proq va keskin ekstremal hodisalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, jumladan suv toshqinlari va qurg‘oqchilik, yog‘ingarchiliklarning turli taqsimlanishi va haroratning o‘zgaruvchanligi, mavsumlarning siljishi.

Tadbirda Bolgariya, Portugaliya, Janubiy Afrika va Isroil, shuningdek, Jahon banki guruhi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Suv resruslari bo‘yicha halqaro kotibiyati va Dunay daryosining suv to‘plash hududidagi suv ta’minoti kompaniyalari Xalqaro assotsiatsiyasi mutaxassislari Markaziy Osiyoda sharoitlarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan xalqaro ilg‘or tajribalarni almashishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring