Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxsus komissiyaning qarori: 1-dekabrdan yana bir faoliyat turiga ruxsat berildi

Maxsus komissiyaning qarori: 1-dekabrdan yana bir faoliyat turiga ruxsat berildi

Foto: SSV

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shu yilning 1-dekabridan yurtimizda elektron sportni yanada rivojlantirish maqsadida kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi, deya xabar berdi SSV.

Bunda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:

  • fuqarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta’minlagan holda joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
  • har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 С va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda ob’yektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qo‘yildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring