Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yetti oyda «Maxsustrans»ning tushumi 46 milliard so‘mni tashkil etmoqda

O‘tgan yetti oyda «Maxsustrans»ning tushumi 46 milliard so‘mni tashkil etmoqda

Foto:«Nuz.uz»

2019-yilning o‘tgan yetti oyi davomida Toshkent shahridagi alternativ boshqaruv kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan Shayhontohur, Olmazor, Bektemir, Yashnobod tumanidagi bir nechta mahallalar tuman hokimlarining tegishli qarorlari bilan tuman «Maxsustrans» DUK IChBning avtotransport filiallariga qaytadan biriktirildi.

Buning natijasida «Maxsustrans» korxonasiga mazkur tumanlarda yashovchi jami 51372 nafar aholi qo‘shilgan.

Qayd etish joizki, hududlarda sanitar holatni yaxshilash, boshqaruv kompaniyalarining mavzelardan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida sifatli olib chiqilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi ba’zi mahallalardan maishiy chiqindini olib chiqib ketish xizmati alternativ boshqaruv kompaniyalariga biriktirilgan.

Joriy yilning ilk yetti oyi yakunlariga ko‘ra, «Maxsustrans» tomonidan 721 ming metr kub qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish amalga oshirilgan bo‘lib, ularni olib chiqish uchun 415 dona chiqindi yig‘ish avtomashinalari safarbar qilindi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘tgan yetti oyda «Maxsustrans» korxonasining tushumi qariyb 46 milliard so‘mni tashkil qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Maxsustrans» tomonidan bir kecha-kunduzda mahalla va korxonalardan 1800 tonna chiqindi olib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring