Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mersedes-Benz» mutaxassisi: «Toshkentda yonib ketayotgan avtobuslarning muddati tugagan»

«Mersedes-Benz» mutaxassisi: «Toshkentda yonib ketayotgan avtobuslarning muddati tugagan»

Foto: «UzNews.uz»

Kecha, 16-oktyabr kuni «Toshshahartransxizmat» AJ tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda qatnashgan «Mersedes-Benz» menejeri Maks Kirshenxofer Toshkentda ayrim avtobuslarning yonib ketayotgani sababiga to‘xtaldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati «Turon24»ga xabar berdi.

Nemis mutaxassisining firkicha, bugun yong‘in chiqayotgan «Mersedes-Benz» avtobuslarining foydalanish muddati tugab bo‘lgan. Boshqa davlatlar, xususan, Germaniyada bu kabi avtobuslardan ko‘pi bilan 8 yil foydalaniladi. Mutaxassis bundan buyon asosiy sa’y-harakatlar va xarajatlarni keyingi bosqichda keltirilgan, ya’ni 2012-2013 yillarda ishlab chiqarilgan avtobuslarga hamda harakat tarkibini yangilashga yo‘naltirish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tdi.

Bundan avvalroq «Toshshahartransxizmat» 2008-2009-yillarda ishlab chiqarilgan avtobuslar yo‘nalishdan vaqtincha olingani va ularni texnik jihatdan jadal ta’mirlash ishlari o‘tkazilgani haqida ma’lum qilgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring