Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toshkent metropoliteni» UK «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibidan chiqariladi

«Toshkent metropoliteni» UK «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibidan chiqariladi

Foto: Xabar.uz

«Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5260-son, 16.10.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, «Toshkent metropoliteni» UK «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga o‘tkazilib, «Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirildi.

«Toshkent metropoliteni» DUK boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.

«Toshkent metropoliteni» DUK 2024 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va tegishli ro‘yxat bo‘yicha import tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.

2022 yil 1 iyulgacha 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor) transport o‘tish bog‘lamalari;

2022 yil 1 oktyabrgacha Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi.

2022 yil 1 yanvardan quyidagi ma’lumot va xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi:

- metropoliten yo‘nalishlari (ularning qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar);
- bekatlar (ular atrofida joylashgan ob’yektlar va jamoat transporti yo‘nalishlari);
- poyezdlar harakati jadvali;
- elektron to‘lov.

2022 yil 1 aprelgacha yer usti halqa metro bekati yo‘nalishida yo‘lovchilar uchun bepul Wi-Fi tizimi bilan bog‘lash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

Qaror bilan shuningdek, 2021–2023 yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring