Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Metroda platforma chetiga temir to‘siq o‘rnatish taklif qilindi

Metroda platforma chetiga temir to‘siq o‘rnatish taklif qilindi

«Mening fikrim» portalida Toshkent metropolitenida platforma chetiga temir to‘siqlar o‘rnatish to‘g‘risida murojaat e’lon qilindi.

Petitsiya muallifining yozishicha, Toshkent metropoliteni bekatlarida bolalar o‘yinqaroqligi natijasida yoki yoshi kattalar ehtiyotsizligi natijasida relslarga tushib ketishi holatlari kuzatiladi. Yo‘lovchilar gavjum bo‘lgan vaqtlarda ularning doimiy nazoratini ta’minlash mushkulligi bois, ularning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rish kerak.

Murojaatda Toshkent metropoliteni foydalanuvchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida platforma chetiga temir to‘siqlar o‘rnatilishi taklif qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring