Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB poytaxt boshqarmasi: «Ijrochining kallasi ikkita emas!»

MIB poytaxt boshqarmasi: «Ijrochining kallasi ikkita emas!»

Foto: «Xabar.uz»

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlarining xatti-harakatiga oid navbatdagi lavha tarqadi. Unga ko‘ra, bir oila yashab turgan joyidan ko‘chirilmoqda, davlat ijrochilari ishni oxirigacha yetkazish harkatida, turgan gap — javobgar (ko‘chirilayotgan) tomon bundan norozi, masalaga blogerlar aralashgan... Ko‘chirilayotgan oilaning voyaga yetmagan farzandlari borligi ham aytiladiki, ularning boshpanasiz qolayotganini  ko‘rish ne, hatto eshitishning o‘zi yoqimsiz!

Lavhaga ko‘z tushishi hamono MIBning Toshkent shahar boshqarmasi bilan bog‘landik. 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi olti yil avval shu tumanning Qozirobod ko‘chasidagi uydan M. Husanovning oilasi a’zolari bilan ko‘chirish haqida hal qiluv qarori chiqargan. Qaror ijrosi turli sabablariga ko‘ra 9 marta (!) to‘xtatilib, keyinga qolavergan. Nihoyat, shu yilning 28 avgust kuni MIB Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari ijro harakatlarini amalga oshirishga kirishganidan so‘ng lavhadagi manzara yuzaga keladi.

Bunday paytda aytiladigan gap bitta, boshqarma matbuot xizmati rahbari Marg‘uba Amonova ham ayni shu takrorladi: «MIBda sud qarori muhokama etilmaydi, balki ijro qilinadi! Nahot shuni tushunish qiyin bo‘lsa?! Nima, ijrochining kallasi ikkitamidiki, kuchga kirmagan sud qarorini ijro etishga shoshsa?!».

E-ha, gap bu yoqda deng?! Shunday qilib, dod-voylarga qaramay sud qarori ijro etilibdi-da?

Tomonlar o‘zaro kelishdi, deya ochilibroq gapirishga o‘tdi M. Amonova, shu sababli O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 40-moddasi 1-qismiga asosan ijro hujjati undiruvchiga qaytarildi va ijro ishi tamomlandi.

Yakuni xayrli bo‘libdi. Muhimi shu.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring