Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyaga muhim vazifa topshirildi

Milliy gvardiyaga muhim vazifa topshirildi

Endi viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar hamda istirohat bog‘lari, xiyobon va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish Milliy gvardiya bo‘linmalari zimmasiga yuklatilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida so‘z boradi.

Shuningdek, jamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ichki ishlar organlari bilan bir qatorda Milliy gvardiyaga berilishi bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanib, belgilangan tartibda kiritiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring