Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari birmiz, qo‘lni qo‘lga beramiz!

Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari birmiz, qo‘lni qo‘lga beramiz!

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi faoliyatida ham haqiqiy ma’noda o‘zgarish va yangilanishlar davri boshlandi. 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan yangi saylovoldi Platforma elektorat, partiya faoliyatiga befarq bo‘lmagan olimlar, ijodkor, ekspert va mutaxassislar fikr-mulohazasi, takliflari inobatga olingan holda qayta ishlab chiqilib, mukammal holatga keltirildi.

«Milliy tiklanish»ning eng asosiy g‘oyasi avvalo jamiyatda milliy ong, milliy tafakkurni yuksaltirish. Odamlarni «INSONNI O‘ZGARTIRMASDAN, JAMIYATNI O‘ZGARTIRIB BO‘LMAYDI» degan umummilliy g‘oya atrofida  birlashtirib, «MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI» dadil qadam tashlashga ruhlantirishdir.

YUKSAK MA’NAVIYATGA TARBIYA ORQALI ERISHILADI deganlaridek, O‘zMTDP farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasini eng asosiy vazifa sifatida biladi. Farzand tarbiyasiga avvalo ota-ona mas’ul. Maktabgacha ta’lim muassasalarid ta’lim emas, tarbiya ustuvorlik bo‘lishi zarur. Chunki TARBIYASIZ BOLAGA TA’LIM BERIB BO‘LMAYDI.

HURMATLI SAYLOVCHILAR! O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi uchun saylovda ishtirok etish – bu, eng avvalo, o‘zining saylangan vakillari orqali davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishni anglatadi.

Partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzodlarning hokimiyat vakillik organlariga saylanishi, bu nafaqat saylovchilarning yuksak ishonchi, balki Yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va Xalq farovonligi yo‘lida faol va fidokorona mehnat qilishga shaylangan bo‘lajak deputatlarga berilgan imkoniyatdir.

Partiyadan hokimiyat vakillik organlariga ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlarning ushbu 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi Dasturi va undagi tashabbuslar jonajon Vatanimizni birgalikda taraqqiy ettirishga taklifdir.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi Dasturida belgilangan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslar – bu islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishning debochasi ekaninini alohida ta’kidlaymiz.

Partiyamiz aniq va samarali natijalarga erishish uchun barchangizni shu aziz va betakror Jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch va bilimingizni safarbar etib, fidokorona mehnat qilishga, tashabbuskor bo‘lishga chorlamoqda.

Ishoning, O‘zbekiston «MILLIY TIKLANISH» demokratik partiyasi nomzodlariga bergan ovozingiz — bu Sizning oqilona tanlovingiz!

Taraqqiyotga birgalikda boramiz, istiqbolni hamjihatlikda barpo etamiz! BIRMIZ! QO‘LNI QO‘LGA BERAMIZ!

O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISh» DEMOKRATIK PARTIYaSI NOMZODLARIGA OVOZ BERING!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring