Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari qalbaki dori savdogarlarini qo‘lga oldilar

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari qalbaki dori savdogarlarini qo‘lga oldilar

Foto: «Ferdoridarmon.uz»

2017-yil 24-dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasiga sifatsiz dori vositalarini noqonuniy tarzda olib o‘tish jinoyati bo‘yicha xabar kelib tushdi.

1965-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.X. yana o‘z ishidan pushaymon bo‘lmay, takror jinoyatga qo‘l urdi. U 2017-yil 8 sentabr kuni 60 dona qutida «Betoptik» 5 mg., «Ferkayl» 2 ml. №100, «Oterop», 179 dona qutida «Amberbene» 15 ml./2 ml. nomli ampula, 31 ta qutida «Xilak forte-tashыlar» 30 ml., 94 dona qutida qosh bo‘yash uskunasi, 2 dona qutida «Badyaga gel» tibbiy vositalarini o‘tkazmoqchi bo‘lganida Davlat bojxona qo‘mitasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, Milliy xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186/3-2 «b, v» (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring