Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Minerva City» faxrli xaridorlari uchun iftorlik uyushtirdi

«Minerva City» faxrli xaridorlari uchun iftorlik uyushtirdi

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida «Minerva City» — shahar ichidagi shahar qurilishi hozirda avj pallada. Sotuvga qo‘yilgan xonadonlarning birinchi xaridorlari ham allaqachon mavjud.

Hech kimga sir emas, hozirda «Minerva City»da qurilish ishlari jadal ketmoqda. Hozirgi kunda birinchi va ikkinchi bloklar qurilishi tugallangan.

«Minerva City»ning «A» sektori qismi — turar-joy binolari, savdo va ofis binolari qurilishining birinchi bosqichi 2022 yil 2 chorakda tugatilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, janob Murari Lal Jalan boshchiligidagi MJ Developers jamoasi uni muddatidan oldin – 2021 yilning 4-choragida qurib bitkazishga ishonchlari komil.

«Shahar ichidagi shahar» loyihasi Yangihayot tumanining janubi-g‘arbida joylashgan. Bunda 2 million kvadrat metrdan ortiq maydon turar-joy binolari, o‘quv muassasalari, savdo va ofis ob’yektlarini qurish uchun mo‘ljallangan.

Kuni kecha «Minerva City»da xonadon sohiblari uchun iftorlik tashkil etildi. Ushbu maqsadda kattagina dasturxon yozilib, ular munosib ravishda kutib olindi. 

Iftorlikka tashrif buyurganlar uchun namozxonalar tashkil etilgani ayni muddao bo‘ldi. Ayollar va erkaklar uchun alohida-alohida namozxonalar borligi har bir mehmonga e’tibor qaratilganligidan dalolatdir.

Tadbir davomida «Minerva City» jamoasining asl maqsadi xonadon sohiblarini bir-birlari bilan tanishtirish edi. Ularning «Minerva City» oilasining birinchi bo‘g‘ini ekanligi va ular kabi oilalar soni hali ko‘p va xo‘p bo‘lishini ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirda ularga esdalik sovg‘alari ham taqdim etildi. Har bir xaridorga ma’lum miqdordagi oshxona jihozlari uchun to‘lov sertifikatlari topshirildi.

«To‘g‘risi iftorlik uchun taklif biz uchun kutilmagan bir xabar bo‘lgan edi. Bu yerga kelganimizdan keyin oshxona jihozlari uchun to‘lov sertifikatlari topshirilgani yana bir kutilmagan yangilik bo‘ldi bizga. To‘g‘risi «Minerva City» uylaridan sotib olganim, bu oilaning birinchi bo‘g‘inidan o‘rin olganimdan xursandman. Tashkilotchilarga alohida minnatdorchiligimni bildiraman», — deya o‘z hayrati va minnatdorligini bo‘lishdi sohiblaridan biri.

Tadbirning eng asosiy qismi bu — «Minerva City» ramziy tortini kesish marosimi bo‘ldi. Bunday zavqli ondan hech bir kishi chetda qolmadi. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha hamma ulkan qiziqish bilan bu jarayonni kuzatdilar.

Iftorlik davomi el suygan san’atkorlar va  o‘z kasbining mohir ustalari bo‘lgan oshpazlar mehmonlar xizmatida bo‘ldilar. 

Xususan, Bahriddin Chustiy va qadrdon jamoasi barchaga mazali taomlar ulashdilar.

Bugungi kunda milliy taomlarimizning eng mohir oshpazlaridan biri sifatida e’tirof etiluvchi Bahriddin Chustiy haqida eshitmagan insonning o‘zi yo‘q. «Oshxona.uz» brendi ostidagi umumiy ovqatlanish tarmog‘i: «Oshxona.uz» (Toshkent, Namangan), Chustiy’s Cuisine, Tez Food kafelariga egalik qiluvchi mashhur oshpaz ko‘plab taniqli davlat arboblari, siyosatchilar uchun o‘zbek milliy taomlarini tayyorlab bergan, turli xalqaro tanlovlarda bir necha marta g‘olib chiqqan.

Ta’kidlash joizki, «Minerva City» qurilishining birinchi bosqichi yakunlanish arafasida. Bugungi kunga qadar A sektorida har biri 16 qavatli 11 ta turar-joy binosi, shuningdek 2 qavatli tijorat va 3 qavatli ofis binolarining beshta bloklari qurilmoqda. Shuningdek, foydalanishga tayyor golf maydoni va klub binosi mavjud. «E» sektorida yana 12 ta turar-joy binosi qurilishi boshlandi.

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring