Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirzacho‘lda suv dambasi ostida qamalib qolgan inson qutqarildi

Mirzacho‘lda suv dambasi ostida qamalib qolgan inson qutqarildi

Foto: «Sangzor.uz»

2019 yil 13 iyul kuni tush paytida Mirzacho‘l tumani 2-son Yong‘in qutqaruv bo‘limiga, Mirzacho‘l tumani «Bog‘bon» qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan o‘tish ko‘prigining dambasi ichiga odam tushib ketgani to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushdi. Bu haqda serjant M. Abduxalilov ma’lumot berib o‘tdi.

Mirzacho‘l tumani YoXB boshlig‘i leytenant A.Boboyorov zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, damba ichidagi fuqaro G‘ayrat Jumaboyevda chiqish imkoniyati yo‘qligini ko‘radi. 1981 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Jumaboyev ikki farzandning otasi bo‘lib, turmush o‘rtog‘i bilan gilam yuvish maqsadida ushbu joyga borgan va bexosdan suvga tushib ketgan edi. Oqibatda dambadan oqib o‘tib, ko‘prik tagiga qamalib qolgan.

Olib borilgan tezkor xarakatlar natijasida damba yopilib, suv to‘xtatildi va yuqoridan odam sig‘adigan tuynuk ochilib, fuqaro Jumaboyev G‘ayrat Shodiyevich arqon orqali extiyotkorlik bilan chiqarib olindi va shu yerning o‘zida birinchi yordam ko‘rsatildi.

G‘. Jumaboyev tuman tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan va ayni vaqtda o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring