Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Molbozormi yoki loybozor? Samarqand mutasaddilari, uyg‘oning! (foto)

Molbozormi yoki loybozor? Samarqand mutasaddilari, uyg‘oning! (foto)

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portaliga respublikaning turli burchaklaridan murojaatlar kelishi davom etmoqda. Oqdaryolik fuqaro Oqdaryo tumani mutasaddilarining e’tiborsizligidan nolib, bizga murojaat qildi.

«Hurmatli ijodkorlar! Cizlarga murojaat qilishimdan maqsad — Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida qachon bozorlar tartibga keladi? Qachon «bozorkom»ning zug‘umlaridan xalos bo‘lamiz? Qachon tadbirkor manfaatlari joyiga qo‘yiladi? Men juda ko‘p joylarga murojaatlar qildim. Oqdaryodagi rahbarlar birontasiga ham ijobiy javob yoki amaliy yordam berishmaydi».

Biz ushbu holatni o‘rganish uchun muxbirimizni yuboramiz. Lekin oldin bir savol: xalqning murojaatlari nega OAVgacha yetib kelmoqda? Hududiy va mahalliy hokimliklar nima ish bilan band? Axir ularning birlamchi masalasi aholi dardini tinglash emasmi? Prezidentimizga yelkadosh bo‘lish uchun ular ham odamlar oldiga borsa bo‘lmasmikan?

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring