Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa vaziri Pokiston harbiy delegatsiyasini qabul qildi

Mudofaa vaziri Pokiston harbiy delegatsiyasini qabul qildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 20-fevral kuni Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov Pokiston Quruqlikdagi qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i general-leytenant general-leytenant Nadim Raza boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

21-fevral kuni Toshkenda Markaziy va Janubiy Osiyo Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshliqlarining navbatidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSh Qurolli Kuchlari SENTKOM qo‘mondoni ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring