Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mudofaa vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Hamdam Qarshiyev.

Foto: Mudofaa vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Ikramov Azizbek Isroilovich boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergandik.

Uning o‘rniga Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni polkovnik Qarshiyev Hamdam Aliqulovich O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Jur’at Yakubov. Foto: Mudofaa vazirligi

O‘z navbatida, mudofaa vazirligi Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni lavozimiga polkovnik Yakubov Jur’at Amangeldiyevich tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring