Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa vazirligi Qarshi-Shahrisabz yo‘lidagi avtohalokat yuzasidan hamdarlik bildirdi

Mudofaa vazirligi Qarshi-Shahrisabz yo‘lidagi avtohalokat yuzasidan hamdarlik bildirdi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kecha 26-noyabr kuni Shahrisabz – Qarshi avtomobil yo‘lida og‘ir harbiy texnikalardan iborat kolonna va «Lasetti» rusumli avtomobili ishtirokida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 Hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tergov ishlari olib borilmoqda.

«Ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimiz fuqarolaridan og‘ir harbiy texnikalar harakatlanayotgan vaqtda kolonnaga xalaqit bermaslikni, bunday paytlarda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishni hamda Yo‘l-patrul xizmati va Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlarining  talablarini so‘zsiz bajarishlarini iltimos qilamiz» deyiladi vazirlik xabarida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring