Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy qay tartibda saylanishi ma’lum qilindi

Muftiy qay tartibda saylanishi ma’lum qilindi

Foto: Azon.uz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi respublika hududida rasmiy faoliyat olib borayotgan islomiy diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi bo‘lib, musulmonlarning e’tiqodiy birligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu maqsadda, fiqhda Hanafiy mazhabi va aqidada Imom Moturidiy ta’limoti asosida mo‘min-musulmonlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi. Shuningdek, Islom ma’rifatini keng yoyish, masjid-madrasalar ta’sis etish, diniy adabiyotlar nashr etish, xalqaro tashkilotlar va taniqli ulamolar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ustavining tegishli bandiga asosan Diniy idora raisi, muftiy Ulamolar Kengashi yig‘ilishida besh yil muddatga saylanadi.

Muftiy lavozimiga saylanayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, oliy diniy ma’lumotli, kamida o‘n yil O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ishlagan, ulamolar hamda xalq orasida obro‘ va ishonch qozongan bo‘lishi lozim.

«Ayni kunlarda muftiy lavozimiga munosib nomzodlarni atroflicha ko‘rib chiqish, mehnat faoliyatlarini o‘rganish, bilim salohiyatlarini mezonga solish, ish tajribalarini kuzatish va xalq orasidagi obro‘-e’tiborlariga baho berish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarning yakuni to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy matbuotida e’lon qilinadi», deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlar idorasining avvalgi rahbari Usmonxon Alimov 15 avgust kuni 71 yoshida vafot etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring