Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhim yangilik! 15-avgustdan Toshkent metrosi faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi

Muhim yangilik! 15-avgustdan Toshkent metrosi faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, 2020-yil 15-avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Soat 6:00 dan e’tiboran, Toshkent metropolitenining «O‘zbekiston», «Chilonzor» va «Yunusobod» liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.

Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir qatnovni yakunlagandan so‘ng to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning metro stansiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent metropolitenining «Yunusobod» liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Do‘stlik — Qo‘yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring