Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillik maydonidagi memorialga afg‘on urushida halok bo‘lganlarning ismlari kiritildi

Mustaqillik maydonidagi memorialga afg‘on urushida halok bo‘lganlarning ismlari kiritildi

Foto: «Sputnik»

Bugun, 2-fevral kuni Respublika «Veteran» faxriy jangchilar va nogironlari uyushmasi tashkil topganining 25 yilligi va sobiq ittifoq qo‘shinining Afg‘onistondan chiqarilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan Toshkentda faxriy jangchilar uchun bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda yozuvchi va afg‘on urushi qatnashchisi Nabi Jaloliddinning saytida xabar berildi.

Mustaqillik maydonidagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yishdan boshlangan tadbirlarni O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov ochib berdi. Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Gruziya, Armaniston, Moldova, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi davlatlardagi faxriy jangchilar uyushmalari vakillari ham ishtirok etdi.

Bundan tashqari, bugun afg‘on urushida halok bo‘lgan 1515 nafar insonning ismlari Mustaqillik maydonidagi motamsaro ona memorialiga kiritildi. Xuddi shu kuni «Turkiston» saroyida bayram konserti tashkil etildi va bu tadbirga respublikaning barcha viloyatlaridagi urush faxriylari taklif etildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1979-yildan 1989-yilga qadar Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan harbiy harakatlarda 65 ming nafarga yaqin o‘zbekistonliklar ishtirok etgan. Ulardan bir yarim mingga yaqini halok bo‘lgan, 2,5 mingga yaqini esa jarohat olib, bir umrga nogiron bo‘lib qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring