Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustaqillikning 28 yilligi «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» g‘oyasi ostida nishonlanadi

Mustaqillikning 28 yilligi «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» g‘oyasi ostida nishonlanadi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan davlat mustaqilligining 28 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasi tasdiqlandi.

Komissiya «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqadi.

Istiqlolni tarannum etadigan eng yaxshi qo‘shiq va musiqa asarlari uchun «Yagonasan, muqaddas Vatan!» respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlov g‘oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi va taqdirlanadi.

Shuningdek, «Eng ulug‘, eng aziz», «Ranglar jilosida – ona diyor», «Vatan uchun yashaylik!» kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring