Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Musulmonlar idorasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Musulmonlar idorasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto:«Muslim.uz»

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy hay’at a’zolari, Diniy idora rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, taniqli imom-xatiblar ishtirok etdi.

Musulmonlar idorasi matbuot xizmatiga ko‘ra, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tuzilmasida yangi joriy etilgan raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Ishmatbekov Homidjon Bahromovich nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.

Ma’lumot o‘rnida: Ishmatbekov Homidjon 1970-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent islom instituti, Madina islom universitetida tahsil olgan. Faoliyati davomida «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri, Toshkent shahar «Muhammad Nosir hoji» masjidi imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri lavozimlarida xizmat qilgan.

Bir qator kitob va ilmiy maqolalar muallifidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring