Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MXX xodimlari Turkiyadan O‘zbekistonga kelgan IShIDchini qo‘lga olishdi (video)

MXX xodimlari Turkiyadan O‘zbekistonga kelgan IShIDchini qo‘lga olishdi (video)

Kadr: «Youtube»

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Turkiyadan O‘zbekistonga kelayotgan IShID terrorchilik guruhi orqali va ularning vayronkor g‘oyalari bilan zaharlangan shaxsni qo‘lga olishdi.

«O‘zbekiston24» telekanalining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan A.Q. qalbaki pasport bilan ushlangan. U 2011-yilda Turkiyaga ishlashga ketgan. Talonchilik jinoyatlari sodir etgani uchun Istanbul shahar sudi tomonidan 11 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Qamoqxonada bir qator IShIDchilar bilan tanishib, 2015-yilda ularning yordami bilan qamoqdan qochgan. Batafsil quyidagi videolavhada ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring