Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi

Namangan davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 iyundagi 492-son qaroriga muvofiq Muzaffar Hoshimovich Esonov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Muzaffar Hoshimovich Esanov 1978 yil 19 fevralda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tugatgan. Mutaxassisligi tarix fani o‘qituvchisi. Tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Muzaffar Esonov mehnat faoliyatini 2007 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchilikdan boshlagan. U mehnat faoliyati davomida Toshkent davlat pedagogika universitetida vatan tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi, dotsent, tarix fakultetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, universitet magistratura bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining respublika ta’lim markazi direktori kabi mas’ul vazifalarda faoliyat yuritgan.

U 2018 yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Namangan davlat universitetiga bundan avval rektorlik qilib kelgan (sobiq xalq ta’limi vaziri) Ulug‘bek Ilyasovich Inoyatov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi etib saylangan edi.

«Namangan24.uz» sayti Namangan davlat universitetiga rektor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Muzaffar Hoshimovich Esonovga yangi lavozimdagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida mustahkam salomatlik, kuch-g‘ayrat, ulkan zafarlar tilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring